2021-04-28 07:30:19 |

“Agros Hayot" va "Ezgu Amal"

2021-yil 2-mart kuni "Agros Hayot" sug'urta kompaniyasi "Ezgu Amal" jamoat jamg'armasi bilan xayriya yordamini ko'rsatishga qaratilgan memorandumni imzoladi.

“Agros Hayot" va "Ezgu Amal" jamoat jamg'armasi xayriya qilish yo'lida hamkorlik qiladi.

2021-yil 2-mart kuni "Agros Hayot" sug'urta kompaniyasi "Ezgu Amal" jamoat jamg'armasi bilan xayriya yordamini ko'rsatishga qaratilgan memorandumni imzoladi. 

"Agros Hayot" kompaniyasi Bosh direktori Abirkulov Bobur va jamg'arma boshqaruvi raisi Nune Sardaryan jamg'arma g'amxo'rligidagi dori-darmon xarid qilishga va tibbiy muolaja olishga muhtoj bo'lganlarga yordam ko'rsatishga qaratilgan hamkorlikni suhbat qilishdi va mustahkamlashdi.

Erishilgan kelishuvlar natijasiga ko'ra, bolalarni davolash va zarur dori-darmonlarni xarid qilish uchun "Agros Hayot" kompaniyasi har bir rasmiylashtirilgan "AVIS onkosug'urta" Sug'urta polisidan kelib tushgan sug'urta mukofotining 2.5 foizini va qo'shimcha moddiy yordamni ko'rsatishi belgilandi. Mahsulot insonda onkologik kasallik aniqlangan holatda sug’urta qoplamasi bilan ta’minlanishini kafolatlaydi va chet elning yetakchi, maxsus ixtisoslashgan muassasalarida malakali, yuqori texnologik davolonish imkoniyatini yaratadi. Hamda, tibbiy muolaja olishga yoki dori-darmon olishga moliyaviy imkoniyat mavjud bo’lmaganda, jamg’arma xayriya tariqasida qo’shimcha mablag’ ajratishni ta'minlaydi.

So'rov qoldiring, biz Sizga albatta qo'ng'iroq qilamiz
Ushbu raqam orqali bizga qo'ng'iroq qiling
+(99871) 200 0440