Agros Hayot Sug'urta xizmatlarini amalga oshirish

Agros Hayot Sug'urta xizmatlarini amalga oshirish

AGROS HAYOT” (SK MCHJ) Sug`urta kompaniyasi o`z faoliyatini 14 sentabr 2016 yil boshladi

Kompaniyaning ta'sischisi mamlakatdagi eng yirik sug'urta tashkilotlaridan biri - "O'zagrosug'urta" AJ bo'lib, u barcha toifadagi yuridik va jismoniy shaxslarga sug'urta xizmatlarini taqdim etadi.

“AGROS HAYOT” kompaniyasining asosiy faoliyati hayotni sug'urtalash sohasining I, II, III va IV klasslari va umumiy sug'urta sohasining 1,2-klasslari  bo`yicha sug`urta xizmatlarini ko'rsatishdan iborat.

"AGROS HAYOT" kompaniyasi tashkil topganidan so`ng qisqa vaqt ichida sug`urta bozorida joriy etishga muvaffaq bo`lgan sug`urta turlari :

 

  • "Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug'urta qilish"
  • "Bonus to'lovli hayotni uzoq muddatga sug'urta qilish"
  • "Chet elga chiquvchilarni sug`urta qilish"
  • Yuqumli kasalliklardan sug`urtalash
  • "Qarz oluvchilarning hayotini sug'urta qilish"
  • "Annuitetlar"
  • "Ixtiyoriy tibbiy sug'urta"

 

Shu bilan birga sug'urta xizmatlarining yangi turlarini joriy etish bo'yicha jadal ishlar olib borilmoqda, masalan:

 

  • "Mehnat migrantlarining tibbiy sug'urtasi",
  • "Kritik kasalliklardan sug'urta qilish"
  • "Sportchilarni baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish ".

O'zbekistonda hududida kompaniyaning 14 ta hududiy filiallari mavjud bo'lib, ularda 80 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislar va 50 dan ortiq sug'urta agentlari aholini sug'urta bilan ta'minlash darajasini oshirish uchun ishlamoqda. Kompaniyaning ustav kapitalining hajmi 45 mlrd so'mni tashkil etadi. 2020 yil III-chorak yakuniga ko'ra kompaniyaning sug`urta mukofotlari miqdori 129 558 524 800.00 so'mni tashkil etdi.

Kompaniyaning afzalligi
Biznesning mukammalligi ko`p qirraligi

Hayotni sug'urtalash sohasida I, II, III, IV klasslar va umumiy sug'urta sohasida 1,2 klasslar uchun.

Mamlakatning barcha viloyatlarida mavjudligi.

Kompaniya O'zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida filiallarni shakllantirish bo'yicha ishlarni yakunladi.

Barqaror kelajakni ta'minlash.

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va mehmonlari uchun kompaniya to`liq sug`urta xizmatlarini taqdim etadi va har tomonlama sug`urta himoyasi bilan ta`minlaydi. 

Mijozlarning ishonchi.

Kompaniyada 36 000 dan ziyod mijozlar sug`urtalangan.

So'rov qoldiring, biz Sizga albatta qo'ng'iroq qilamiz
Ushbu raqam orqali bizga qo'ng'iroq qiling
+(99871) 200 0440